Navoiy va Boburxonlik kechasi

Navoiy va Boburxonlik kechasiToshkent shahrining Sirg‘ali tumanidagi 7-son umumta’lim maktabida g‘azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hamda shoir va mutaffakir, sarkarda Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan badiiy tadbir  bo‘lib o‘tdi.

Kecha qatnashchilari Navoiy va Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qishib, ularning “Hayot yo‘llari” haqida yozilgan asarlardan kichik sahna ko‘rinishlarini qoyilmaqom ijro etdilar. Bu tadbirning o‘ziga xos tomoni shunda-ki, mazkur maktab rus ta’lim sistemasida o‘qitiladigan  muassasalardan biri hisoblanadi.

Aynan bu o‘quvchilarning  mumtoz adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishlarini ko‘rib, ularga ta’lim-tarbiya berayotgan ustozlarga tashakkur bildirishni joiz topdik.