Assalom Bahor!

Assalom BahorBarchamiz intiqlik bilan kutayotgan bahor fasli yaqinlashib kelmoqda.
Eng avval quyosh haroratini his etamiz. Kunlar iliy boshlaydi. Qorlarning suv shakliga kirib, pastga jilg‘a bo‘lib oqayotganini ko‘ramiz. Tabiat uyg‘onnadi. Bahorning dastlabki gullari — och sariq gulli boychechak, tiniq ko'k gulli chuchmoma, shapaloq ko'k yaproqlar orasidan mo'ralab xushbo'y binafshalar ochiladi, lola va qizg'aldoqlar cho'g'dek lovillaydi, oltin gulli momoqaymoqlar, barra maysalar uzra bodrab turadi. Daraxtlar kurtak chiqaradi, gullaydi.

Qurbaqalar qurillab «qo'shiq»larine boshlaydilar. Laylak, jiblajibon, sassiqpo'pishak, kakku, qaldirg'och va turnalar uchub keladilar. Ayiq, tipratikan, tulki va bo'rilar qishki uyqudan uyg'onadilar.

 

Assalom Bahor