Zulfiya

ZulfiyaTaniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya Isroilova 1915-yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug'ildi. Oila a’zolarining she’riyatga ixlosi baland, musiqani esa jon dilidan sevishardi. Zulfiya oilaning eng kenja farzandi bo’lib, uning to’rtta akasi bor edi.
Otasi degrez yani temirchi bo’lgan bolsa, onasi esa juda zehnli, shoirtabiat ayol edi.

U 1922-yildan 1931-yilgacha maktabda, so'ng 1931 - 1934-yillar orasida qizlar bilim yurtida tahsil oldi.
Zulfiyaning birinchi she’rlar to’plami 1932 yili, 17 yoshida «Hayot varaqlari» nomi bilan bosilib chiqdi.
Shu qatorda, shoiraning «O’ylar», «Hijron kunlarida», «Yillar, yillar», «Mushoira» turkumi she’rlari adabiyotimiz bostonida katta oringa ega. Uning she’rlarida ayollarga xos nafis, latofatli, jozibali his-tuyg’ular hukmron.
Zulfiya respublika Davlat Mukofoti sovrindori, O’zbekiston xalq shoirasi, xalqaro «Nilufar» mukofoti, Mehnat Qahramoni unvoni va «Do’stlik» ordeni sohibasidir.

Zulfiya