Ona hayotning guli

Ona hayotning guli 8 martAziz va mo‘tabar onajonlar, sevimli buvijonlarimiz, mehribon ustozlarimiz, munis opajonlar-u jajji singiljonlarimiz!
“Erkatoy” tahririyati xodimlari Sizlarni 8- mart — Xotin-qizlar kuni, mehr-muhabbat va nafosat bayrami bilan chin yurakdan mo‘borakbod etadi. Toleingiz baland, rizqi-u-nasibangiz ziyoda bo‘lib, go`zallik va mehr-muhabbat doim sizga yor bo`lishini tilab qolamiz!

 

Inisiga dedi bir so‘zki gavhar:
«Onang ta'zimida bo‘l, ey birodar.»

Xusrav Dehlaviy

 

Ona nasihatin quyvolsin quloq,
Dunyoda yomonlik istama mutloq.
Bahrida o‘stirmish jonidan aziz,
Joningdek aziz tut kechayu kunduz.

Abulqosim Firdavsiy

 

Onangdan bosh tovlama, oshmasin dardi,
Sharaf toji erur oyog‘in gardi.

Abdurahmon Jomiy

 

 

 

Ona hayotning guli 8 mart