Navro'zi olam muborak bo‘lsin!

Navro'zi olam muborak bo‘lsin!

Mana o'lkamizga fasllar kelinchagi bo'lmish bahor Navro'z ayyomi bilan kirib keldi. Navro'zi olam! Asrlar davomida xalqimiz uchun, ezgulik, go'zallik, mehr-muruvat, insonparvarlik, bayrami hisoblanib kelgan. Har go'shada Navro'z taomlari - halim, ko'k somsa, ko'k chuchvara, sumalaklar pishirilmoqda. Bu - yillar osha, asrlar osha har yili takrorlanadigan boqiy an'analarimiz - qadriyatlarimizdir. Navro‘z - o'zbek xalqining ma'naviyat, qadriyatlar bayrami, u insonni yuksak vatanparvarlik, mehnatsevarlik, bunyodkorlik, do'stlik, mehr-oqibat, ezgulik, adolat va tinchlik ruhida tarbiyalaydi. Bayram tadbirlarimiz har go'shada, har ko'ngilda davom etaversin. Mana shunday go’zal ayyomda bahoriy kayfiyat barchamizga hamroh bo’lsin. Navro'zi olam muborak bo‘lsin!