Kitob - qalb gavhari

270-maktab

Bugungi kunda biz axborot vositasi sifatida radio,  televidenie, gazeta va jurnallar hamda internet tarmoqlaridan  keng va unumli foydalanmoqdamiz. Shunga  qaramay texnika taraqqiyoti davrida ham kitob mutolaasining o‘z o‘rni bor ekanligini rad eta olmaymiz.

Kitob hayotni o‘rgatuvchi  eng yaxshi ustozdir.

Kitob orqali kishilar asrlar bilan, qadim zamonda, yaqin o‘tmishda yashab o‘tgan donolar bilan sirlashishi, zamon qahramonlari bilan suhbatlashishi mumkin. Demakki, kitob insonning  yaqin do‘sti, suhbatdoshi, sirdoshi bo‘la oladi.

Toshkent shahar  Chilonzor tumanidagi 270-son umumta’lim maktabida «Kitob - qalb gavhari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.