Kitob tafakkur qanoti.

138-maktab

Kitob insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va e’tiborga loyiq ko‘rinishidir. Kitoblarda o‘tmish zamonlarning aql-idroki yashaydi. Hoki tuproqlari tush singari allaqachonlar to‘zg‘ib ketgan odamlarning ovozi burro va aniq yangrab turadi. Insoniyat yaratgan  va u erishgan narsalarning bari - xuddi sehrli sandiqday kitoblar sahifasida saqlanib qolgan.

Respublikamiz bilim dargohlarida tashkil etilayotgan kitob marafonlarining navbatdagi tadbiri Toshkent shahar Chilonzor tumunidagi  138-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.