Kitob marafoni 115-maktab

So‘nggi yillarda bolalar va yoshlarning kitobga qiziqishi kamayib ketgani to‘g‘risida gap-so‘zlar tez-tez quloqqa chalinadigan bo‘lib qoldi. Axborot texnologiyalarining keng tarqalishi hamda axborot olish va ko‘ngil yozish uchun yangidan-yangi vositalarning paydo bo‘lishi natijasida, farzandini kitob mutolaasiga jalb etishga sir emas-ki, ko‘plab ota-onalar qiynalmoqdalar.
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 115-son umumta’lim maktabi ma’muriyati xodimlar bu borada ajoyib ishga qo‘l urdilar. Maktabda kitob marafoni tashkil etildi.