Sohibqiron merosini o‘rganamiz

135-maktab

O‘zligini anglashga chog‘langan xalq eng avval, ulug‘ ajdodlari, arboblari, ulug‘ allomalarining birinchi navbatda mamlakat qolaversa, jahon tarixida tutgan o‘rni, mavqeyining martabasi va xizmatlarini e’zozlashga otlanadi, boshqalarni ham shunday yo‘l tutishga da’vat etadi.

Shu kunlarda Mamlakatimiz bo‘ylab Sohibqiron Amir Temur tavalludining 681 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy kechalar tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi  135-son umumta’lim maktabida ham bo‘lib o‘tdi.