Javondagi javoxir

324-maktab

Mana qariyib bir oydirki shahrimiz maktablarida o‘quvchilarni kitob o‘qishga qiziqtirish borasida bir qator tadbirlar “kitob marafonlari”, o‘tkazilib kelinmoqda. Bugun Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 324-son umumta’lim maktabida ham ana shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. Tashqaridan qaragan inson maktab hovlisida “Navro‘z bayrami shodiyonalari hali hanuz davom etayotgan ekan-da”- deb o‘ylashi mumkin. Bu Navro‘z bayrami tantanalari emas, bu kitob bayrami, bu “Javondagi javohir” nomli o‘quvchilarni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbir. Ha u ana shunday ko‘tarinki ruxda boshlanmoqda.