Erkatoyning mart sonida:

 

erkatoy

 

Qadirli bolajonlar! Mana orziqib kutilgan bahor fasli ham kirib keldi. Sizning do‘stingizga aylanib ulgurgan Erkatoyning mart sonida:
- Lola haqida ertak.
- Siz kutgan mehmon.
- Quyosh va yomg‘ir tikkan "atlas" va bir- biridan qiziqarli sahifalarni o‘qib zavqqa to‘lasiz.

Shuningdek rang-barang sahifalar kayfiyatingizni a‘lo darajada bo‘lishini ta‘minlaydi.

Navoiy Barhayot

Alisher Navoiy bobomizning faqat she’riy asarlarining o’zi 120 ming baytdan ortadi. Ijodining chuqur mazmuni va badiiy qudrati bilan esa uni jahondagi buyuk shoirlar qatorida bo‘lishligidan dalolatdir.

Erkatoyning fevral sonida:

 

erkatoy

 

- Hazrat Navoiy bobomizning orzusi haqida bir rivoyat.

- “Ko‘hi nur” olmosi to‘g‘risida bilasizmi?

- Olti yoshli chempion.  

- Moshvoy do‘sti Puchuqvoyga qanday sovg‘a berdi?  

Shuningdek, siz sevgan “Buvimning ertaklari”, “Boshqotirmalar”, “O‘zing bo‘ya” sahifalarini miriqib mutolaa qilasiz!

 

Alisher Navoiyning 577 yilligiga bag‘ishlanadi

Barchamizga ma’lumki, 9 fevral o‘zbek tilining asoschisi, g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobokalonimizning tavallud kunlarini nishonlaymiz. Bu yil hazrat Navoiy tavalludiga 577 yil to‘ladi. Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotini yuksaklarga ko‘targan va avlodlarga boy adabiy meros qoldirgan shoir va davlat arbobidir.

 

"Vatan himoyachilari kuni" bayrami muborak bo‘lsin!

Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur o‘g‘lonlari bilan faxrlanib kelgan. Xalqimiz “Er vigit Vatan uchun tug‘ladi” deb bejiz aytishmaydi. Birimizga aka, birimizga ota yana boshqamizga esa “dovyurak qahramon” qiyofasida nomoyon bo‘laddigan bu insonlar o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblashadi. Shu burchni muqaddas bilgan alp qomatli akajonlarimizni bugungi «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga qut-baraka, Vatan himoyasi yo‘lida o‘lkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Alifbe bayrami. 144-maktab.

Sabodxonlik bayrami – bu Alifbe kitobini muvoffaqiyatli o‘zlashtirgan o‘g‘il-qizlarning boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha egallagan dastlabki bilimini intellektual o‘yinlar, qiziqarli savol-javoblar orqali ilk sinovdan o‘tkaziladigan tadbirdir. Yaqinda poytaxtimizdagi 144-sonli umumta’lim maktabining 1-“A” sinf o‘quvchilari shunday tadbir o‘tkazdilar.

Erkatoyning yangi sonida:

 

erkatoy

 

- O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktyor Abdurayim Abduvahobovning bolaligidan bir lavha.

- Ayqni tishi nega og‘ib qoldi?

- Ochofat g‘ozning qilmishi

Shuningdek siz sevgan “Boshqotirmalar”, “O‘zing bo‘ya”, “Qiziqarli matematika” sahifalarini sizni bo‘sh vaqtingizni maroqli o‘tkazishingizga yordam beradi.