Poytaxtimizdagi yangi yil bayrami tantanalari

Bu yilgi bayram archasi Labzak va Qodiriy ko‘chalarida joylashgan “Navro‘z” bog’iga o‘rnatilgan. Bu yerda balandligi 30 mnetrlik archa va uning yonida Qorbobo, Qorqiz va har xil ertak qahramonlari saylgoh markazida katta bezatilgan sahnada qiziqarli ertak tomoshalari, bir qator bir biridan ajoyib atraksion o‘yingohlar shuningdek, turli tuman savdo do‘konlari shirindan - shakar bolajonlar va ularning ota-onalarini o‘z bag’riga chorlamoqda.

Mahorat darsi 144-maktab

Mustaqil O‘zbekistonning porloq kelajagi yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashni talab etadi. Barkamol insonni tarbiyalashda esa zamonaviy darsning alohida o‘rni va ahamiyati kattadir. Yaqinda Yakkasaroy tumaniga qarashli 144-sonli umumta’lim maktabida zamonaviy dars jarayoni yani “Mahorat darsi” bo‘lib o‘tdi.

244-MTM

Yangi yil bayram tadbiri

Poytaxtimizning Uchtepa tumaniga qarashli 244-son Maktabgacha Ta’lim Muassasasida Yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ertaknamo sarguzashtlarga boy bo‘lgan mazkur kechada bolajonlar Qorboboning bir-biridan g‘aroyib sovg‘alarigi ega bo‘lishdi.

Respublika Estrada sirk kolleji

Yurtimizda yagona bo‘lgan Respublika Estrada sirk kolleji mana 80 yildirki o‘z bag‘rida bir-birida iqtidorli yoshlarni tarbiyalab kelmoqda. Kuni-kecha Estrada aktyorlik bo‘limining 3 kurs o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan qishki ijodiy imtihon dasturi bo‘lib o‘tdi.

Respublika qo‘g‘irchoq teatri

Shu kunlarda poytaxtimizdagi Respublika bolalar qo‘g‘irchoq teatrida Gans Xristian Andrsonning “Qor malikasi” spektakli namoyish etilmoqda. Dam olish kunlari oila a’zolaringiz bilan maroqli hordiq chiqarishni istasangiz, albatta mazkur tomoshaga tashrif buyuring. Unda siz ertak qahramonlarining sehirli olamiga sayohat qilasiz.

ALT FL in Uzbekistan. Seminar trening

Toshkent shahar Xalq ta’limi bo‘limi hamda ALT FL in Uzbekistan jurnali hamkorligida shahrimizdagi barcha maktab chet tili fani o‘qituvchilarining kasbiy mahoratlarini oshirish bo‘yicha seminar trening darslari tashkil etishmoqdalar. Ana shunday darslardan biri Toshkent shahar, Yakkasaroy tumaniga qarashli 94-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

244-MTM. Konstitutsiya bayrami

Har qanday davlatning yuzi, obro‘-e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tadbirlardan yana biri Uchtepa tumaniga qarashli 244-sonli Maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib o‘tdi.