"Erkatoy" elektron dasturi

"Erkatoy" ilovasi Sizga qiziqarli ertaklar, quvnoq she’rlar, jo‘shqin qo‘shiqlar va xilma-xil yasashlardan o‘z elektron kutubxonangizni yaratish imkonini beradi.

Dasturni "Gogle Play"dan yuklab oling

Ma'rifat g'unchalari

324-maktab

Toshkent shahar Shayhontohur tumanidagi 324-sonli maktabning "Ma'rifat g’unchalari" oromgohining II  navbat yopilish tadbiridan lavhalar. Oromgohda faol ishtirok etganlar oromgoh rahbari tomonidan rag’batlantirildi.

Ingliz tili fanidan “Ochiq dars” jarayoni 135-maktab

Salohiyatli, har tomonlama komil shu bilan birga, zamonaviy bilimlarni, kompyuter texnikasini puxta o‘zlashtirgan va chet tilini mukammal biluvchi farzandlarni tarbiyalash – zamon talabi. Shu jihatdan ingliz tili o‘qituvchisining metodik tayyorgarligi alohida ahamiyat kasb etadi. Kuni-kecha Toshkent shahar Yakkasaroy tumaniga qarashli 135-son umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinflar orasida ingliz tili fanidan “Ochiq dars” jarayoni bo‘lib o‘tdi.

18-may Xalqaro muzeylar kuni

Muzeylar har bir xalq tarixi, madaniyati, turmush tarzi, milliy an’ana va qadriyatlarini o‘rganish, ularni targ‘ib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 100dan ortiq muzeylar bo‘lib, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi ularning eng mashhurlari hisoblanadi.

Bugun 18-may Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan  O’zbekiston tarixi davlat muzeyida  «Muzey – tarix kuzgusi» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xalqlar do‘stligiyodgorligi

Mazkur manument “Xalqlar do‘stligi” yodgorligi 1982 yilning 26 may kuni Toshkent shahridagi avvalgi “Xalqlar do‘sligi” hozirda «Istiqlol» saroyi oldidagi maydonda o‘rnatilgan edi.  Yodgorlik markazida temirchi Shoaxmad ota va Bahri aya Shomaxmudovlar, ularning atrofida esa 15 nafar bola tasvirlangan.

2008 yilda ayrim sabablarga ko‘ra mazkur yodgorlik shahar chetiga olib borib qo‘yildi. Davlatimiz Rahbarining sayi-harakatlari bilan «Xalqlar do‘stligi»  yodgorligi yana shahar markaziga, bu safar Do‘stlik xiyoboniga  avvalgi Bobur bog‘iga olib kelindi.

Xotira va Qadrlash tadbiri. 281-maktab

Xotira o‘zlikni anglash, o‘tmishni doimo yodda tutishga bot-bot da’vat etib turadigan muqaddas tuyg‘u. Inson o‘zining kim ekanligini Xotira va Qadr tuyg‘usi orqali chuqurroq anglaydi. Bugun Toshkent shahar Chilonzor tumaniga qarashli 281-son umumta’lim maktabida 9-may Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Kitob mening do‘stimsan! 26-maktab

Yurtimiz olimlari kitob o‘qifan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo‘lishini isbotlashdi. Shunday ekan bugungi yosh avlodni kitobga oshno etish, farzandlarimizni komil inson va bilimli shaxslar bo‘lib yeitishishi lozimligi haqida qayta-qayta gapirmoqdamiz. Toshkent shahar Yakkasapoy tumaniga qarashli 26-son umumta’lim maktabida ham “Kitob mening do‘stimsan!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.