Xotira va Qadrlash tadbiri. 281-maktab
Xotira o‘zlikni anglash, o‘tmishni doimo yodda tutishga bot-bot da’vat etib turadigan muqaddas tuyg‘u. Inson o‘zining kim ekanligini Xotira va Qadr tuyg‘usi orqali chuqurroq anglaydi. Bugun Toshkent shahar Chilonzor tumaniga qarashli 281-son umumta’lim maktabida 9-may Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Kitob mening do‘stimsan! 26-maktab
Yurtimiz olimlari kitob o‘qifan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo‘lishini isbotlashdi. Shunday ekan bugungi yosh avlodni kitobga oshno etish, farzandlarimizni komil inson va bilimli shaxslar bo‘lib yeitishishi lozimligi haqida qayta-qayta gapirmoqdamiz. Toshkent shahar Yakkasapoy tumaniga qarashli 26-son umumta’lim maktabida ham “Kitob mening do‘stimsan!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Iqbol Mirzo 50 yoshda
O‘zbekiston xalq shoiri, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a’zosi Iqbol Mirzo 1-may sanasida navqiron 50 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan Alisher Navoiy nomadagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Favvoralar sayli
Har yili 1-may kunida "Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbiri o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Bugun Toshkent shahridagi “Hadra Maydoni”da ham mazkur bayram ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Kitob aql qal’asi
281-maktab
Bugungi kunda jamiyatimizda kitobning ma’naviy hamda axloqiy ozuqa, madaniyat va til ravnaqi uchun asosiy manba, avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan intellektual meros sifatida mavqei juda yukoridir.
Kitob fikrlash qobiliyatimizni xarakatga keltiruvchi ixchamgina quroldir; u aqliy tanballigimiz bilan kurashishimizda bizga ko‘maklashuvchi tafakkur quvvatidir.
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 281-son umumta’lim maktabida “Kitob aql qal’asi” mavzuida 3-sinf o‘quvchilari tomonidan tashkil etilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yashil chiroq. 202-maktab.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Chilonzor tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tashabbuskorligida tashkil etilgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Yashil chiroq” musobaqasining tuman bosqichi bugun Chilonzor tumanidagi 202-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
Shayxontohur tumani hokimi kubogi
Poytaxtimiz markazida joylashgan O‘zbek Davlat Sirkida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi”ning vasiylik kengashi yig‘ilishi qaroriga asosan aholining barcha qatlamlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib etish, farzandlarimizni jismonan barkamol avlod bo‘lib unib o‘sishlari va sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishlari uchun an’anaviy tarzda Shayxontohur tuman “Hokimi kubogi” uchun sportning gimnastrada turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.