Iqbol Mirzo 50 yoshda

O‘zbekiston xalq shoiri, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a’zosi Iqbol Mirzo 1-may sanasida navqiron 50 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan Alisher Navoiy nomadagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. 

Favvoralar sayli

Har yili  1-may kunida  "Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbiri o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Bugun Toshkent shahridagi “Hadra Maydoni”da ham mazkur bayram ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. 

Kitob aql qal’asi

281-maktab 

Bugungi kunda jamiyatimizda kitobning ma’naviy hamda axloqiy ozuqa, madaniyat va til ravnaqi uchun asosiy manba, avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan intellektual meros sifatida mavqei juda yukoridir.

Kitob fikrlash qobiliyatimizni xarakatga keltiruvchi ixchamgina quroldir; u aqliy tanballigimiz bilan kurashishimizda bizga ko‘maklashuvchi tafakkur quvvatidir.

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 281-son umumta’lim maktabida “Kitob aql qal’asi” mavzuida 3-sinf o‘quvchilari tomonidan tashkil etilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yashil chiroq. 202-maktab.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar bosh boshqarmasi,  Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Chilonzor tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tashabbuskorligida tashkil etilgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Yashil chiroq” musobaqasining tuman bosqichi  bugun Chilonzor tumanidagi 202-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Shayxontohur tumani hokimi kubogi

Poytaxtimiz markazida joylashgan O‘zbek Davlat Sirkida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi”ning vasiylik kengashi yig‘ilishi qaroriga asosan aholining barcha qatlamlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib etish, farzandlarimizni jismonan barkamol avlod bo‘lib unib o‘sishlari va sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishlari uchun an’anaviy tarzda Shayxontohur tuman “Hokimi kubogi” uchun sportning gimnastrada turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Yashil chiroq. 26-maktab.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar,  Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tashabbuskorligida tashkil etilgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Yashil chiroq” musobaqalari bugungi kunda  muhim ahamiyatga egadir. Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 26-son umumta’lim maktabida ham anashunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. 

“Orasta qizlar-2017” ko‘rik tanlovi Respublika bosqichi

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida  an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Orasta qizlar” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi bugun Toshkent shahridagi 144-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda 12ta viloyatdan tashrif buyurgan eng bilimli, eng zukko, eng iqtidorli, eng faol, eng uddaburon o‘quvchi qizlar  uchta shart talabi asosida bir-birlari bilan o‘zaro bellashdilar.