Huquq bilimdonlari

102-maktab

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan  Adliya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi hamda ularning hududiy bo‘linmalari bilan  hamkorlikda joriy yilning mart-may oylari davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida uch bosqichli “Huquq bilimdonlari” respublika tanlovi o‘tkazilmoqda.

Toshket shahar Shayxontohur tumanidagi 102- son umumta’lim maktabida ana shu tadbirning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Seni ulug‘layman adabiyotim, seni sharaflayman jonajon kitob!

Shahrimizdagi O‘zbek milliy akademik drama teatrida  Shayhontoxur tumani hokimligi tashabbusi bilan tumanda o‘tkazilgan kitobsevarlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi – “Seni ulug‘layman adabiyotim, seni sharaflayman jonajon kitob” nomli adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Javondagi javoxir

324-maktab

Mana qariyib bir oydirki shahrimiz maktablarida o‘quvchilarni kitob o‘qishga qiziqtirish borasida bir qator tadbirlar “kitob marafonlari”, o‘tkazilib kelinmoqda. Bugun Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 324-son umumta’lim maktabida ham ana shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. Tashqaridan qaragan inson maktab hovlisida “Navro‘z bayrami shodiyonalari hali hanuz davom etayotgan ekan-da”- deb o‘ylashi mumkin. Bu Navro‘z bayrami tantanalari emas, bu kitob bayrami, bu “Javondagi javohir” nomli o‘quvchilarni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbir. Ha u ana shunday ko‘tarinki ruxda boshlanmoqda.

O’zbekiston tarixi davlat muzeyi

Respublikamizning eng nufuzli va salohiyatli ilmiy va madaniy-ma’rifiy markazi hisoblanadi.O’zbekiston tarixi muzeyi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 21 apreldagi 203-son qaroriga muvofiq mustaqil ilmiy-tadqiqot muassasa sifatida qayta tashkil etildi va 1994 yil 5 avgustdagi 402-son qaroriga binoan unga davlat muzeyi maqomi berildi.

Sohibqiron merosini o‘rganamiz

135-maktab

O‘zligini anglashga chog‘langan xalq eng avval, ulug‘ ajdodlari, arboblari, ulug‘ allomalarining birinchi navbatda mamlakat qolaversa, jahon tarixida tutgan o‘rni, mavqeyining martabasi va xizmatlarini e’zozlashga otlanadi, boshqalarni ham shunday yo‘l tutishga da’vat etadi.

Shu kunlarda Mamlakatimiz bo‘ylab Sohibqiron Amir Temur tavalludining 681 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy kechalar tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi  135-son umumta’lim maktabida ham bo‘lib o‘tdi.

Kitob marafoni 115-maktab

So‘nggi yillarda bolalar va yoshlarning kitobga qiziqishi kamayib ketgani to‘g‘risida gap-so‘zlar tez-tez quloqqa chalinadigan bo‘lib qoldi. Axborot texnologiyalarining keng tarqalishi hamda axborot olish va ko‘ngil yozish uchun yangidan-yangi vositalarning paydo bo‘lishi natijasida, farzandini kitob mutolaasiga jalb etishga sir emas-ki, ko‘plab ota-onalar qiynalmoqdalar.
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 115-son umumta’lim maktabi ma’muriyati xodimlar bu borada ajoyib ishga qo‘l urdilar. Maktabda kitob marafoni tashkil etildi.

Kitob tafakkur qanoti.

138-maktab

Kitob insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va e’tiborga loyiq ko‘rinishidir. Kitoblarda o‘tmish zamonlarning aql-idroki yashaydi. Hoki tuproqlari tush singari allaqachonlar to‘zg‘ib ketgan odamlarning ovozi burro va aniq yangrab turadi. Insoniyat yaratgan  va u erishgan narsalarning bari - xuddi sehrli sandiqday kitoblar sahifasida saqlanib qolgan.

Respublikamiz bilim dargohlarida tashkil etilayotgan kitob marafonlarining navbatdagi tadbiri Toshkent shahar Chilonzor tumunidagi  138-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.