Kitob - qalb gavhari

270-maktab

Bugungi kunda biz axborot vositasi sifatida radio,  televidenie, gazeta va jurnallar hamda internet tarmoqlaridan  keng va unumli foydalanmoqdamiz. Shunga  qaramay texnika taraqqiyoti davrida ham kitob mutolaasining o‘z o‘rni bor ekanligini rad eta olmaymiz.

Kitob hayotni o‘rgatuvchi  eng yaxshi ustozdir.

Kitob orqali kishilar asrlar bilan, qadim zamonda, yaqin o‘tmishda yashab o‘tgan donolar bilan sirlashishi, zamon qahramonlari bilan suhbatlashishi mumkin. Demakki, kitob insonning  yaqin do‘sti, suhbatdoshi, sirdoshi bo‘la oladi.

Toshkent shahar  Chilonzor tumanidagi 270-son umumta’lim maktabida «Kitob - qalb gavhari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bilimlar saltanati

144-maktab

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 144-umumta’lim maktabida 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida  “Bilimlar saltanati” deb nomlangan bellashguv bo‘lib o‘tdi. Aslida, ota-onalar majlisiga bag‘ishlangan bu yig‘ilish haqida lavhamiz davomida batafsil tanishasiz.

Kitob – eng buyuk mo’jiza

"115-maktab"

Davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan bir qator farmoyishlarning e’lon qilinishi bugungi kunda kitobga bo‘lgan munosabat davlat ahamiyatidagi masalalardan biri ekanligidan dalolatdir. Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan 115-maktab kutubxonasida bo‘lganimizda, bunga yaqqol amin bo‘ldik.

Bolalar bog‘chasida Navro‘z shodiyonalari

Toshkent shahar  Chilonzor tumanidagi 537-son “Qaldirg‘och”  nomli Maktabgacha ta‘lim muassasasida Navro‘z shodiyonalariga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bahor  noz-u-ne‘matlariga boy bo‘lgan milliy taomlar bilan bezatilgan dasturxon,  shuningdek doshqozonda tayyorlanayotgan sumalak bolajonlarga bir olam quvonch baxsh etdi.

Navro'zi olam muborak bo‘lsin!

Navro'zi olam muborak bo‘lsin!

Mana o'lkamizga fasllar kelinchagi bo'lmish bahor Navro'z ayyomi bilan kirib keldi. Navro'zi olam! Asrlar davomida xalqimiz uchun, ezgulik, go'zallik, mehr-muruvat, insonparvarlik, bayrami hisoblanib kelgan. Har go'shada Navro'z taomlari - halim, ko'k somsa, ko'k chuchvara, sumalaklar pishirilmoqda. Bu - yillar osha, asrlar osha har yili takrorlanadigan boqiy an'analarimiz - qadriyatlarimizdir. Navro‘z - o'zbek xalqining ma'naviyat, qadriyatlar bayrami, u insonni yuksak vatanparvarlik, mehnatsevarlik, bunyodkorlik, do'stlik, mehr-oqibat, ezgulik, adolat va tinchlik ruhida tarbiyalaydi. Bayram tadbirlarimiz har go'shada, har ko'ngilda davom etaversin. Mana shunday go’zal ayyomda bahoriy kayfiyat barchamizga hamroh bo’lsin. Navro'zi olam muborak bo‘lsin!

Ona hayotning guli

Ona hayotning guli 8 martAziz va mo‘tabar onajonlar, sevimli buvijonlarimiz, mehribon ustozlarimiz, munis opajonlar-u jajji singiljonlarimiz!
“Erkatoy” tahririyati xodimlari Sizlarni 8- mart — Xotin-qizlar kuni, mehr-muhabbat va nafosat bayrami bilan chin yurakdan mo‘borakbod etadi. Toleingiz baland, rizqi-u-nasibangiz ziyoda bo‘lib, go`zallik va mehr-muhabbat doim sizga yor bo`lishini tilab qolamiz!

Zulfiyaxonim izdoshlari

115 maktabToshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi 115-son umumta’lim maktabida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bagishlab, «Zulfiyaxonim izdoshlari» deb nomlangan kurik tanlov tadbiri bo‘lib o‘tdi.