Zulfiya

ZulfiyaTaniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya Isroilova 1915-yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug'ildi. Oila a’zolarining she’riyatga ixlosi baland, musiqani esa jon dilidan sevishardi. Zulfiya oilaning eng kenja farzandi bo’lib, uning to’rtta akasi bor edi.
Otasi degrez yani temirchi bo’lgan bolsa, onasi esa juda zehnli, shoirtabiat ayol edi.

Assalom Bahor!

Assalom BahorBarchamiz intiqlik bilan kutayotgan bahor fasli yaqinlashib kelmoqda.
Eng avval quyosh haroratini his etamiz. Kunlar iliy boshlaydi. Qorlarning suv shakliga kirib, pastga jilg‘a bo‘lib oqayotganini ko‘ramiz. Tabiat uyg‘onnadi. Bahorning dastlabki gullari — och sariq gulli boychechak, tiniq ko'k gulli chuchmoma, shapaloq ko'k yaproqlar orasidan mo'ralab xushbo'y binafshalar ochiladi, lola va qizg'aldoqlar cho'g'dek lovillaydi, oltin gulli momoqaymoqlar, barra maysalar uzra bodrab turadi. Daraxtlar kurtak chiqaradi, gullaydi.

Ma’rifat g‘unchalari

 

Ma’rifat g‘unchalariToshkent shahrining Shayhontohur tumanidagi 254-umumta’lim maktabida “Ma’rifat g‘unchalari” nomli she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimining tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tanlov, hududlar doirasida o‘tkazildi. Qatnashchilar, o‘z she’rlarida millat dardini ochiq ayta olgan, yuksak tuyg‘ular haqida kuylagan shoirlarimizning adabiyotimiz bo‘stonida qoldirgan durdona asarlaridan namunalar o‘qidilar.

Navoiy va Boburxonlik kechasi

Navoiy va Boburxonlik kechasiToshkent shahrining Sirg‘ali tumanidagi 7-son umumta’lim maktabida g‘azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hamda shoir va mutaffakir, sarkarda Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan badiiy tadbir  bo‘lib o‘tdi.

Kecha qatnashchilari Navoiy va Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qishib, ularning “Hayot yo‘llari” haqida yozilgan asarlardan kichik sahna ko‘rinishlarini qoyilmaqom ijro etdilar. Bu tadbirning o‘ziga xos tomoni shunda-ki, mazkur maktab rus ta’lim sistemasida o‘qitiladigan  muassasalardan biri hisoblanadi.

Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad BoburZahiriddin Muhammad Bobur katta podshoh, zo'r lashkarboshi, iste'dodli shoir, olim bo'lganlar. Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon shahrida tug'ilgan. Uning otasi Umarshayx Mirzo Farg'onada hokim bo'lgan. Boburning bitta opasi, ikkita ukasi va beshta singlisi bo'lgan. Bobur saroyda malakali muallimlardan ta'lim olgan. U juda zehni o'tkir bola bo'lgan. She'r, musiqa eshitishni yaxshi ko'rgan. Bulardan tashqari Bobur kamonda o'q otish va qilichbozlikdan ham saboq olgan.

Navoiy hamisha qalbimizdadir

Navoiy hamisha qalbimizdadirUlug‘ donishmand, mutafakkir, davlat arbobi, she’riyat mulkining sultoni bobomiz Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 576 yilligi bizning serquyosh diyorimizda hamisha katta hozirliklar bilan nishonlanadi. Xuddi shunday tadbirlardan biri shahrimizdagi 305-son umumta’lim maktabida ham  o‘tkazildi.

Alisher Navoiy haqida

qisqa ma'lumot

Alisher NavoiyAlisher Navoiy bobomiz buyuk shoir, katta olim va nihoyatda dono inson bo'lganlar.  U kishi Hirot shahrida tug'ilgan.

Alisher Navoiy siz kabi bolalik paytlaridayoq juda ziyrak, aqlli, odobli bola bo'lgan ekan. Uch yoshidan boshlab she'r, musiqa eshitishni nihoyatda yaxshi ko'rgan. Otasi, onasi va tog'alari she'r o'qib berganida, u darhol yodlab olgan ekan. Alisher 10 yoshligida Farididdin Attor degan shoirning "Mantiq ut-tayr" nomli katta kitobini yoddan bilar ekan. U nihoyatda aqlli va g'ayratli bola bo'lganligi uchun, otasi uni to'rt yoshga to'lga- nida maktabga bergan. Kichkina bo'lishiga qaramay, katta bolalarni qoyil qoldirib, juda ham yaxshi o'qigan.