18 dekabrdan – 20 dekabrgacha

“Bulbulcha” bolalar ansamlining konserti

 

“Bulbulcha” bolalar ansamlining konserti

“Turkiston” san’at saroyida “Bulbulcha” bolalar ansamblining “Baxtli bolalalik” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Shoshiling! Konsert dasturida quvnoq qo‘shiq va raqslar sizni kutmoqda. Unitilmas bayram kechasiga marhamat!

Sizning sevimli jurnalingiz “Erkatoy”ning iyun sonida:

 

“Erkatoy” iyun sonida

 

- Sahifalarimizdan Haydar Muhammad she’ri, Avaz Mansurov musiqasi bilan aytiluvchi “Quvnoq bolalar” qo‘shig‘ni o‘rganib olishingiz mumkin.

- Planshet bilan kitob kuch sinashyaptimi? Qiziq, kim g‘olib bo‘larkin? Hikoyani albatta o‘qing.

- Qo‘shni bolalar bilan hovlida o‘ynashingiz uchun yana bir qiziqarli oyin qoidalarini o‘rganib oling.

Shuningdek, sahifalarimizda bir-biridan qiziqarli ma’lumotlar va yoz faslida sizga as qotadigan tavsiyalar bilan ham tanishishingiz mumkin. Ajoyib boshqotirmalar, she’rlar, bo‘yashingiz uchun rasmlar bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tishiga yorgam beradi. Yoz faslini sevimli “Erkatoy” bilan birga o‘tkazing! Biz bilan aslo zerikmaysiz.

 

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaymiz!

 дети

 

Bolalikning eng quvonchli, beg‘ubor onlari sizlarni hech qachon tark etmasin. Munchoq ko‘zlaringiz doim quvonchdan porlab tursin. Atrofingizda sodiq do‘stlaringizning safi ortaversin. Shuni bilingki, siz hayotimiz mazmunisiz aziz bolajonlar!

 

«Erkatoy» jamoasi 

 

Sizning sevimli jurnalingiz “Erkatoy”ning may sonida:

 

 

- “San’atga baxshida umr” sarlavhasi ostida, ustoz san’atkor, millionlab bolajonlarga musiqadan saboq bergan bobo, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shermat Yormatovning umr yo‘li haqidagi maqola.

- Toshbaqa qayerga shoshib ketyapti?

- Robinzon Kruzo kim?

- Chuvalchang yomg‘iri.

Shu bilan birga, bir-biridan qiziqarlu boshqotirmalar-u, ajoyib she’rlarni mutolaa qilib zavqqa to‘lasiz. Ayniqsa, “Bobomning ordenlari” nomli qo‘shiqni o‘rganib olsangiz, bobajoningizga kuylab bergan bo‘lardingiz. Biz bilan aslo zerikmaysiz!

 

Olamga mashhur Sohibqiron

Olamga mashhur Sohibqiron

 

Aziz bolajonlar! Ma’lumki, 9-aprel sanasi Sohibrqiron Amir Temur bobomizning tavallud kuni sifatida keng nishonlanadi.  Temur bobomizning to’liq ismlari Amir Temur ibn Amir Tarag’oy ibn Amir Barqul bo‘lib, 1336-yilning 9-aprel sanasida Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahrida dunyoga kelganlar. Bobomizning onasi Takina xotun buxorolik, otasi esa amir Tarag’oy, barlos urug’ining oqsoqollaridan hamda Chig’atoy ulusining e’tiborli beklaridan hisoblangan.

8-mart Onajonlar bayrami

Qadirli bolajonlar, barchamiz uchun aziz va mo‘tabar bo‘lgan onajonlarimiz, buvijonlarimiz va opajonlarimizni bayramlari bilan qutladingizmi? Juda soz. 144-sonli umumta’lim maktabining 2-“A” sinf o‘quvchilari ham o‘z ustozlarini va ular orqali onajonlarini o‘zlari yod olgan sherlari orqali tabrikladilar.

8 – MART XALQARO XOTIN-QIZLAR BAYRAMI MUBORAK!

 

 

Ushbu bayram bahor faslining ilk kunlarida nishonlanishi bejizga emas. Chunki tabiat uyg‘nadi, quyosh zarrin nurlarini sochadi va qushlar esa sho‘x qo‘shiqlar aytadi. Aziz opa-singillarimiz, muhtarama buvijon-u, onajonlarimiz hayotingiz doimo bahor fasliday go‘zal bo‘lsin. Har bir kuningiz esa yorug‘ bo‘lsin. A’lo kayfiyat va chiroyli tabassum sizlarni hech qachon tark etmasin!

Sizning Erkatoy