Alisher Navoiy

 

Alisher NavoiAziz bolajonlar, yana bir necha kundan so‘ng, G‘azal mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy bobomizning tug‘ulgan  kunlarini bayram qilamiz. Bu yil biz ulug‘adibimiz tavalludinig 576 yilligini nishonlavmiz. Albatta, maktabingizda bu sanaga bag‘ishlab adabiy-ma’rifiy tadbirlar, g‘azalxonlik kechalari o‘tkazilayotgan bo‘lsa kerak. Shu bois, biz ham Alisher Navoiy bobomizning ashorlaridan namunalar berishni joiz deb topdik.

24 yanvar - Eskimo kuni

 

Eskimo kuniBolajonlar,  muzqaymoqlarni yoqtirasizmi? Albatta, ‘‘Ha!’’ Barchamiz sevib iste’mol qiladigan “Eskimo” muzqaymog‘ini yaratilish tarixini bilasizmi? Bo‘lmasa quloq tuting:

24-yanvar –  ‘‘Xalqaro shirinliklar”, ya’ni Eskimo kuni deb qabul qilingan ekan. 1922-yil AQSHning Ayova shtatidagi Onova shahrida shirinliklar do‘konining xo‘jayini Xristian Nel’son Eskimo muzqaymog‘i uchun patent oladi. Shundan beri bu kun – ‘‘Xalqaro Eskimo kuni’’ deb atalar ekan.

22 yanvar – Butunjahon qor bayrami

 

22 yanvar Butunjahon qor bayramiBilasizlarmi bolajonlar, bu bayram qorni juda ham sevadiganlar uchundir. Aslida qorni barchamiz ham yaxshi ko‘ramiz, ammo shunday insonlsr borki,  yashayotgan joylarida qor bo’lmasa ham bu ularga muammo tug’dirmaydi: qor fanatlari ushbu kunda qor mo’l joylarga, tog’larga yo’l olishadi. Qorda yuradigan mashinalar, chanalar va konkilarda uchishadi. Qorbo’ron o’ynab, qorlarda yumalashib, eng katta qorbobo yasash uchun bahs boylashadilar. Ha, aytgancha, shaharda yashovchilar bu ajoyib kunni muz saroylarida nishonlashlari mumkin.

Yangi yil archasi bayram tadbirlari

Poytaxtimizdagi Lokomotiv-Anhor istirohat bog‘ida yangi yil archasi bayram tadbirlari o'zining qizg'in pallasiga kirgan. Ayni kunlarda ushbu bog'da turli-tuman tadbirlar, sahnalashtirilgan ertak va hikoyalar namoyish etilayapti. Rang-barang tomoshalardan kichkintoylarimiz yuraklari shodliklarga to'lmoqda. Bolajonlarimizni yanada quvontirish maqsadida "Erkatoy"ham ozining esdalik sovg'alarini ulashdi.

Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Mening shirindan-shakar, o‘yinqaroq, quvnoq do‘stlarim! Mana, Yangi yil ham eshik qoqmoqda. Uyingizni  zarlar,chiroqchalar va pufaklar bilan chiroyli qilib bezatdingizmi? Archa-chi?  U ham  uyingizni to’ridan joy olgan bo’lsa kerak? Qorbobo-chi? Unga maktub yo’lladingizmi?  Nima so’radingiz?  

Unutmang,Yangi yilda qilingan har qanday yaxshi tilak albatta amalga oshadi.

Men ham bayram arafasida sizlarga sog’lik, baxt, omad, quvonch hamroh bo‘lishini,  o’qishlaringizdagi muvaffaqiyatlaringiz ertangi hayot yo’lingizni yoritib borishini tilab qolaman.

2017 yilda ham “Erkatoy” sizning eng yaqin sirdoshingiz, ko‘makdoshingiz, maslakdoshingiz bo‘ladi.  

Axir, biz birgalikda bir oilamiz!    

Yang yilingiz muborak bo‘lsin! 

Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Prezident sovg‘alarini tarqatilmoqda

Prezident sovg‘alarini tarqatilmoqdaBu yil ham O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Sen yolg‘iz emassan” respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan Yangi yil bayramni yuksak saviyada o‘tkazish uchun qizg‘in hozirlik ko‘rildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi Mehribonlik va Muruvvat uylari o‘g‘il-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari” tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar uchun Prezidentning Yangi yil sovg‘alari yetkazilmoqda.

Yangi Yil tantanalari boshlandi

Yangi Yil tantanalari boshlandiHoy bolalar, bolalar, eshitmadim demanglar!
Bugun 26-dekabr kuni Poytaxtimizda Yurtimizning markaziy archasi chiroqlari yondi. Juda go‘zal, juda ko‘rkam bo‘lgan eng katta archamiz, bu yil "Lokomotiv-Anhor” bogʻi yonidagi salkam 4 gektar hududda bunyod boʻlgan bayram maydonining markazida qad koʻtardi. Yangi yil archasining balandligi 26 metr, aylanasi 7,7 metrga teng. Archa 10 mingdan ziyod o‘yinchoq va rang-barang chiroqlar bilan bezatilgan.