Bolalar ijodi / Детское творчество

Oqqushlar

 

Bolalar ijodiSamodagi oqqushlar,

Bir lahza hushim oldi.

Go‘zallikdan zavqlanib,

Ilhomim jo‘shib qoldi.

 

Uning mar-mar qanoti,

Tovlanadi quyoshda.

Samolarda raqs tushar,

Farishtaga qiyosda.

 

Oqqushlarim parvoz qil,

Sen ezgulik timsoli.

Yashashga chorlab turgin,

Xuddi hayot misoli.

 

Sevinchxon Soxobiddinova,

Farg‘ona vil., Beshariq tum.