Bolalar ijodi / Детское творчество

Tabiatni asrang, bolajon!

Tabiatni asrang, bolajon!

 

Kuzda ko‘chalar, bog` va xiyobonlar xazonga to‘ladi. Ularni yig‘ib yoqishga shoshilmang! Chunki, buning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq. Barglar yoz bo‘yi o‘zlariga chang va avtoulov gazlarini yig‘ib, havoni tozalab, tabiiy filtr vazifasini bajaradi. Siz esa buni yoqmoqchimisiz? Axir, yoqilgan xazondan ko‘tarilayotgan tutun ushbu zaharli moddalarni yana havoga chiqaradi-ku. Kuz shamoli esa ularni shahar bo‘ylab tarqatadi va salomatligimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xazonni nima qilish kerak?

Xazonlarni yig‘ib, shamol uchirib ketmasligi uchun ustiga tuproq torting. Yoki tomorqangizdagi ko‘z ilg‘amas yerni kovlab o‘ra qazing va xazonlarni o‘sha joyga soling. Bobomning aytishlaricha, xazonlar yer tagida chiriydi va ulardan o‘g‘it sifatida foydalansa bo‘ladi.

 

Barno Axmedova,

Toshkent  vil.

 

Берегите природу, дети!

 

Осенью улицы, парки и аллеи заполнены опавшими листьями. Не спешите их жечь! Ведь это приносит больше вреда, чем пользы. Листья служат естественными фильтрами, собирая пыль и выхлопные газы в течение всего лета. Вы хотите, чтобы всё это снова оказалось в воздухе? Осенние ветры разнесут вредные вещества по всему городу и это негативно отразится на нашем здоровье.

Что же делать?

Соберите опавшую листву в кучу и присыпьте её землей, чтобы не раздул ветер. Или выкопайте яму на заднем дворе вашего сада и закопайте листья. По словам моего дедушки, закопанные листья, сгнив под землёй, образуют хорошее удобрение.

Перевод редакции