Kitob

Kitob

 

Eng yaqin do‘st menga u,

Keltirmas u hech qayg‘u.

Doim niyati ezgu,

Ilm-u urfonga ko‘zgu.

 

Hikmat to‘la xazina,

Jondan sevar kamina..

Ajdodlardan madina,

Buyuklikka u zina.

 

Zakovatning makoni,

Bilimlarning zo‘r koni.

Juda oliy maqomi,

Kitobdir uning nomi

 

Shahnoza Egamberdiyeva

Samarqand sh.