Bulbul

Hoy, sen gulbog‘lar aro,
Sayrab, o‘ynab yurgan qush.
Ovozingdan tanidim,
Yurtimga kelibsan, xush!

Xayol

Topishmoq aytish gali
Kelgan edi Gulsumga
–Aytchi, ukajon, nima
Olam kezar bir zumda?

Bahor fasli

Osmondan nur taralib,
O‘lkamga kelar bahor.
Boychechaklar ochilar,
Muzlamas endi anhor.

OTA-ONA

Gar yiqilsam erkalab, 

Boshim silar Onajon. 

Meni asal qizim, deb, 

Erkalaysiz otajon

.

ONAJONIM, ONAJON!

Onajonim, onajon,

Siz hammadan mehribon.

Bizni xursand qilasiz,

Dilga baxt keltirasiz.