Dunyoning etti qadimgi va hozirgi“Mo‘jizalari”Dunyoning etti “Mo‘jizasi”

Qadimgi dunyoning noyob inshootlari va haykaltaroshlik yodgorliklarini shunday deb atashgan. Uzoq vaqt foydalanib kelingan dunyoning yetti mo’jizasi ro’yxati tuzilgan vaqtda, ya’ni miloddan avvalgi III asrda bu obidalarning barchasi mavjud bo’lgan va kishilarni hayratga solgan.

Makedoniyalik Aleksandr saltanati barpo etilgandan keyin har qanday sayyoh qadimgi O’rta dengiz atroflarini kezib, mazkur yetti mo’jizaning barchasini bir necha oy mobaynida o’z ko’zi bilan ko’rishi mumkin edi.

Chunki bu obidalarning barchasi (Bobildagi Semiramidaning samoviy bog‘laridan tashqari) dengizdan uncha uzoq bo’lmagan hududlarda joylashgan edi.

Vaqt o’tishi bilan qadimgi dunyoda yetti mo’jiza deb tan olingan obidalar asta-sekin vayronaga aylanib, yer yuzidan umuman yo’qola boshladi. Hatto, Rim saltanati davridagi sayyohlar yetti mo’jizaning barchasini ko’rishga muyassar bo’lishmagan.

Bizning davrgacha qadimgi dunyoning yetti mo’jizalaridan eng qadimgisi sanalgan Misr ehromlarigina yetib kelgan. Ular ming yillar davomida tabiat va inson ta’siriga bardosh berib kelmokda.

Shveysariyalik kinorejissyor Bernard Veberning tashabbusi bilan 2007 yilda dunyoning yangi yetti mo’jizasini aniqlash bo’yicha telefon va Internet orqali so’rov o’tkazildi. Mazkur so’rovda sayyoramizning turli burchaklaridan 100 milliondan ortiq kishi ishtirok etdi.

O’tkazilgan ushbu so’rovda ham 7 raqamining o’ziga xos o’rni bor. Chunki, ushbu g’oya muallifi B.Veber ovoz beruvchilarga dunyodagi 77 ta obida orasidan 7 ta eng mo’jizalisini tanlashni taklif etdi. Ovoz berish yakunlarini e’lon qilish ham mo’jizali sanaga — 2007 yilning 7 iyuliga, ya’ni 07.07.07 ga belgilangan.

Eng ko’p ovoz olgan hozirgi vaqtda mavjud quyidagi obidalar yangi dunyoning yetti mo’jizasi, deb tan olindi:

1 Buyuk Xitoy devori.

2 Perudagi qadimgi inklar shahri Machu-Pikchu.

3 Ior-daniyadagi tog’ga o’yib ishlangan Petra majmuasi.

4 Meksika-ning Yukatan yarimorolidagi Chichen-Isa shahri.

5 Rimdagi Ko-lizey.

6 Hindistondagi Toj-Mahal maqbarasi.

7 Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Korkovadu tog’ida joylashgan Iso payg’ambarning ulkan haykali.

 Misr ehromlari bu ro’yxatga kiritilmadi, ammo mazkur inshootlar tashkilotchilar tomonidan yangi dunyoning «faxriy mo’jiza»si sifatida e’tirof etildi.

 Kyeingi xabarlarimizda biz sizlarni bu mo‘jizalar bilan tanishtirib boramiz.