Uy bo‘risi

 

Uy bo‘risiKo‘plab it zotlari borligini bilsangiz kerak. Ba’zilari katta bo‘lsa, boshqasi kichikroq itlar. Qaysi biriningdir quloqlari katta bo‘lsa, bir xillarining oyoqlari kichkina. Xullas, kuchuklarning ko‘rinishi turlicha bo‘ladi. Ularning kelib chiqishi esa, yovvoyi bo‘rilarga borib taqaladi. Gonga, barza, teryer, balonka kabi it zotlari, Hindiston bo‘rilaridan tarqagan bo‘lsa, layka va ovcharkalar esa shimol bo‘rilaridan kelib chiqqan. Qadimda odamlar va bo‘rilar yaqin “qo‘shni” bo‘lishgan. Usha paytlarda, ovchilar yegulik topish maqsadida, ovga chiqishgan. Ovlari baroridan kelgach, bo‘ri bolalarini uylariga olib kelib, qo‘lga o‘rgatishgan. Insonga o‘rgangan bo‘ri, ovda yaxshi yordamchi ekanini ovchilar tushunib yetishgach, hatto yaxshigina do‘st ham tutunishdi. Yilqilarni qo‘riqlashda ham “do‘st”larining xizmati katta bo‘ldi. Shundan so‘ng qo‘lga o‘rgatilgan bo‘rilar “it” deb ataldi.