Uchuvchi to‘p

Uchuvchi to‘p

 

“Voleybol” so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda, “uchadigan koptok” ma’nosini bildiradi. Bu o‘yin Amerika Qo‘shma Shtatlarida basketbol o‘yinidan keyinroq paydo bo‘lgan. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, tennis setkasi tortilgan maydonchada koptokni bir-biriga otishni taklif qilgan. Voleybol o‘yinida ikki guruh bo‘lib, har birda  olti o‘yinchi qatnashadi. O‘yin davomida yugurish shart emas, hatto mumkin  emas. Ya’ni o‘yinchilarning harakati cheklangan. To‘pni faqatgina qo‘lda qaytarish mumkin. O‘yinchining vazifasi, raqib tomon uzatgan koptokni zarba bilan qaytarish va  maydoniga tushurishdan iborat. Bu o‘yinda oyoq bilan tepish ta’qiqlanadi. Agar kimdir koptokni qo‘li bilan emas, oyoq bilan tepib qaytarsa, o‘yinni qo‘pol ravishda buzgan hisoblanadi. Xato qilgan o‘yinchi, birinchi marta — tanbeh, ikkinchisida esa  ogohlantirish oladi. Yana o‘yinni shu tarzda buzsa, birinchi partiya o‘yin yakuniga qadar maydonchani tark etishiga to‘g‘ri keladi. O‘yinning yana bir qoidasi, sizga uloqtirilgan to‘p qo‘lingizda uzoq qolib ketishi mumkin emas. Voleybol o‘yinida sakrash mumkin. Agar siz qanchalik baland sakrab, to‘pni kuchli zarba bilan qaytarsangiz, guruhingizning yutish imkoniyati oshadi. Maydonda o‘yinchilar o‘zini madaniyatli tutishi talab etiladi. Agar to‘p setkaga tegsa, bu qo‘pol xatoga kirmaydi. Muhimi koptok raqib maydoniga tushsin. Bir o‘yinda — uch yoki besh partiya o‘ynash mumkin. Agar qaysi guruh 25 bal to‘plasa, o‘yin partiyasi tugaydi va guruh a’zolari o‘z o‘rninlarini almashtirishlari kerak.