Rangli shashkalar

Rangli shashkalar

  

Kerakli buyumlar:

Kichikroq qog‘oz varaq, ballarni yozish uchun ruchka;

Ikki xil rangdagi 8 dona shashka donachalari (4 dona oq va 4 dona qora);

O‘yin maydoni (15x15 santimetrli qog‘oz varag‘iga 9 ta bir xil kvadrat chiziladi va ichiga raqamlar yoziladi).

 

игровое поле для настольной игры

 

O‘yin qoidasi

O‘yinda ikki kishi qatnashadi. Navbatma navbat yuriladi. Birinchi bo‘lib yurish boshlaydigan o‘yinchi aniqlanadi: o‘yinchilardan biri qora va oq shashkalardan bir donadan olib qo‘lida berkitadi. Boshqa o‘yinchi topadi. Agarda kimda kim oq shahskani topsa, o‘yinni o‘sha qatnashchi boshlab beradi.

O‘yinchi o‘yin maydonining chetiga shashkani qo‘yadi va chertadi. Shashka qaysi raqamda to‘xtasa, o‘yinchi o‘sha raqamni o‘ziga yozib qo‘yadi.

Agar shashka donasi boshqasiga tegib ketsa ham o‘yin davom etaveradi.  Bordi-yu shashka donasi o‘yin maydonidan chiqib ketsa, qaytadan o‘ynaladi. O‘yinchilarda bir dona ham shahshka qolmasligi kerak. Keyin ular o‘z ballarini hisoblab ko‘radilar.  Ishtirokchilardan biri 100 bal yeg‘sagina birinchi tur tugaydi. Va u g‘olib bo‘ladi.