Qorbola

Qorbola

 

Qadim zamonlarda ko‘chalardagi qorni tozalaydigan maxsus mashinalar bo‘lmagan paytda, kishilar o‘zlari qorlarni to‘p-to‘p qilib uyib, yumaloq shrarcha shakllarini yasashgan. Kimdir bu qor sharchalarni ustma-ust qo‘ygan. Boshqasi bo‘lsa, sabzidan burun, ko‘mirdan ko‘z yasagan. Mana shunday qilib, qishning zavqli mashg‘uloti — qorbola yasash boshlangan.

Odatda, uchta qor sharchalarini bir-biriga yopishtirib qorbola yasaladi. Eng katta yumaliq qor, keyin esa kichikrog‘ini qo‘yamiz. Bu  — ko‘krak qismi. Eng yuqoriga bosh qismi qo‘yiladi. Sabzidan burun yasasak bo‘ladi. Mabodo “yasovchi” sabzini yeb qo‘ygudek bo‘lsa, oyisi boshqa sabzi bermaydi. Shuning uchun tayoqchadan foydalansa ham bo‘ladi. Boshiga chelak kiydirsak, yomon bo‘lmasdi. Qo‘llarini esa daraxt shohidan yoki qordan kichik sharchalar yasab yopishtirsak ham bo‘ladi. Mana, qorbolamiz ham tayyor!