Quyosh va yomg'ir «Tikkan atlas»

 

Quyosh va yomg‘ir qanday qilib atlas tikar ekan, deb boshingizni qotirmang. Buni hozir bilib olasiz. Aytingchi? Bahor faslida tabiatning eng go‘zal manzarali hodisasi nima? Albatta bu – kamalak. Yomg‘ir yog‘ayotganida quyosh ko‘rinib tursagina kamalak paydo bo‘ladi. Uni ko‘rish uchun quyosh bilan yomg‘ir o‘rtasidagi markazni topish kerak. Quyosh nurlari yomg‘ir tomchilarida jilolanib, ulardan “spektr” hosil qiladi.

Nurdagi ranglarni tarkibiy qismlarga, ajratuvchi moslama "prizma"dir. Ranglarni bir- biridan ajratuvchi taram-taram rangli chiziqlar esa “spektr” deb ataladi.