Kometa
Uzoq-uzoqlarda, Quyosh tizimining eng chеkkasida chang va muzdan iborat millionlarcha toshchalar bor. Bu komеtalar. Komеtalar bir-biriga urilib kеtganda ularning yo‘nalishi o‘zgarib kеtadi. Ular ba'zan bizning Quyosh tizimimizga tushib qolib, sayr qilib yurishadi.
Komеta Quyoshga qancha yaqinlashsa, shunchalik qizib kеtadi. Yuzasidagi gaz va chang tarqalib kеtib, yonayotgan dum hosil bo‘ladi. Komеta eriydi. Bir nеcha yillik sayohatdan so‘ng u erib kichik muz parchasi bo‘lib qoladi va o‘zidan dum qoldira olmaydi. Ba'zilari butunlay erib kеtadi.