Olxo‘ri va o‘rik

(Mirmuhsin)

Olxo‘ri va o‘rikBahor keldi. Bog‘larda gullar ochildi. Osmonda qushlar uchdi. Yerda chumolilar o‘rmalashdi. Ariqlarda suvlar shildirab oqdi.

Zumrad degan jamalak sochli puchuqqina qizcha bog’ga kirdi. U ko‘m-ko‘k maysalarni oralab, ko‘priklardan o‘tib, olxo‘ri daraxtining tagiga keldi. Qo‘llarini ko‘targan edi, bo‘yi yetmadi. Keyin u:

— Olxo‘ri, olxo‘ri! Dovuchchalaringdan ber!—dedi.

Olxo‘ri bo‘lsa:

 

Mehmon keldi

(Aziz Abdurazzoq)

Mehmon keldiBir bor ekan, bir yo‘q ekan, Ra’no degan qiz bor ekan. U uyda biror ish qilishi kerak bo‘lsa, oyisining aytishini kutib turmay bajaraverar ekan. Bir kuni u ertalab turib oyisiga tushini aytibdi:

— Oyi-chi, oyi, bugun yaxshi tush ko‘rdim. Tushimda menga yo‘-yo‘ chit ko‘ylak olib kelganmishsiz.

— Yaxshi tush ko‘ribsan,— debdi oyisi. — Yo‘l-yo‘l chit ko‘ylak ko‘rgan bo‘lsang, demak, uyimizga mehmon kelar ekan.

Bu gapni eshitgan Ra’no oyisi bilan dadasi ishga ketganidan keyin uylarni, hovlilarni supurib, hamma yoqni chinniday qilib qo‘yibdi.

Mahmadona to‘tiqush

(Ilhom Zoir)

Mahmadona to‘tiqushSherzod, Kozim va Akmal tarxni qo‘lga kiritib, qasr tomon yo‘l olishdi. Ular o‘rmon ichidagi so‘qmoq yo‘ldan borishayotganlarida, daraxt shoxiga osilib olgan to‘tiqush bolalarni savolga tutdi.

– Nima deysan? – dedi.

– Nima deysan? – takrorladi to‘tiqush.

– Sendan so‘rayapman? 

– Sendan so‘rayapman?

Shunda Sherzod unga teskari savol berdi.

– Men demoqchimanki...

Topishmoqlar

(Ilhom Zoir)

TopishmoqlarBolalar velosipedda yana yo‘l yurishdi. Yo‘l yurishsa-da, mo‘l yurishib o‘rmon etagida bir to‘da echkilarni boqib yurgan cho‘qqisoqol, istarasi issiq, kelbatli cho‘ponga ro‘para kelib, undan donishmand Bilorni so‘rashdi. Cho‘pon Bilorning echkilarini boqib yurgan edi, bolalarni xo‘jasining oldiga olib borishdan oldin ularni sinamoqchi bo‘ldi.

– Odamni yetti xil yo‘l bilan sinovdan o‘tkazish mumkin, – dedi cho‘pon tayog‘iga suyanib.

Xushchaqchaq chol

(Ilhom Zoir)

Xushchaqchaq cholChalkash yo‘l oxirida qarib-qartaygan, lekin yuzlaridan nur yog‘iilib turgan cholga ro‘para kelishdi. Odobli bolalar emasmi, cholga salom berishni unutishmadi. Chol alik oldi.

– Yo‘l bo‘lsin, bolalarim? – dedi u miltillab turgan ko‘zlarini kattaroq ochishga urinib. – Xayrli safarga chiqqanga o‘xshaysizlar!

– Qayerdan bildingiz, bobojon? – dedi Kozim.

– Bu dunyoda yashayverib, odamlarning ichidagini yuzidan biladigan bo‘lib qolganman, qo‘zichoqlarim!

Donushak boboning sirli yo‘li

(Ilhom Zoir)

Donushak boboning sirli yo‘liDonodil bobo aytgan joy. Yo‘l boshida kesilgan daraxtning to‘nkasida bir nuroniy bobo mudrab o‘tirar, oftobning zarrin nurlari esa yarqiroq peshanasida jilvalanardi.                                                    

 – Assalomu alaykum! – deyishdi bolalar baravariga.

– Va-va-va-laykum salom! – dedi bobo ko‘zlarini ocharkan. – Nima qilib yuribsanlar bu yerda?

– Bizlar shahzoda Duronbekni qutqargani Yosuman yurtiga boryapmiz, – dedi Kozim odob bilan. – Bobojon, bizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating.

Donodil boboning qo‘sh savoli

(Ilhom Zoir)

Donodil boboning qo‘sh savoliErtakdagi hisob bilan yetti kunda, bizning zamon hisobi bilan yarim soatda aytilgan manzilga yetib borishdi. Velosipedlarni kulba devoriga suyab qo‘yib, so‘ng eshikni qoqishdi. Ichkaridan:

– Eshik ochiq, kiraveringlar! – degan ovoz eshitilgach, uch o‘rtoq ichkariladi.

Тashqaridan ko‘rimsiz ko‘ringani bilan kulba ichi behad chiroyli ekan. Тo‘rda, tebranma kursida soch-u soqoli oppoq nuroniy bir kishi savlat to‘kib o‘tiribdi.                               

– Assalomu alaykum! – deyishdi bolalar qo‘llarini ko‘ksilariga qo‘yib.