Har yon chiroyli

Dilshod Rajab she’ri
Xurshida Xasanova musiqasi

har_yon_chiroyli
Keng dalalar yashnaydi bugun,
Gullolalar ochilar.
Kuy navolar yangrar biz uchun,
Dillarimiz shodlanar.

Osmon uzra porlar kamalak,
Rangi har yon sochilar.
Ushaladi har orzu istak,
Yangi bayram boshlanar.

Naqorat:
Har yon chiroyli,
Har tong quyoshli.
Go‘zal diyorimizda.
Har doim quvonchli,
Har bola baxtli,
Bizning hur o‘lkamizda.

Raqsga tushib, aylanib bizlar,
Sho‘x bolalar kuylaymiz.
Birgalashib davrada yana,
Quvonamiz yayraymiz.

Mevalarga to‘lgan bog‘larda,
Mazza qilib o‘ynaymiz.
Kuchga to‘lib shunday chog‘larda,
Charchash nima bilmaymiz.

Naqorat.

 

 


Ushbu qo'shiqni "Erkatoy" ilovasi orqali smartfoningizga yuklab oling va tinglang.

Загрузи эту песню в приложение "Эркатой" на твоём смартфоне.