Oltin ko‘za

Spiridon Vangelli

Oltin ko‘za— Salom, buvijon! Men ham kartoshka ekkani keldim.

Buvisi hayron bo‘ldi.

— Kartoshka ekkani deysanmi? Belkurakni ko‘tara olmaysan-ku?!

— Ko‘taraman. Katta bo‘lib qoldim.

Mitti Shtefan belkurakni bor kuchi bilan bosib, yerni kavladi. Kartoshka ekishga chuqurcha tayyor bo‘ldi.

Biroz nafas olgach, kaftini ishqaladi-da, yana bitta chuqurcha kavladi.

Eh, Dimavoy

Boris Vovk

Eh, DimavoyDima bilan Volodya bolalar o‘ynaydigan qum yonidagi o‘rindiqda gaplashib o‘tirishardi.

— Katta bo‘lsam, kosmosga uchaman, — dedi Dima g‘urur bilan.

— Qoyi! — dedi Volodiya unga havasi kelib.

— Okean tagigayam tushaman. Suv osti kemasida-da, albatta. Oynasidan hamma narsa ko‘rinadi.

— Akulayam ko‘rinadimi?

Yurkaning qo‘rqib ketgani

Vasil Suxomlinskiy

Yurkaning qo‘qib ketgani— Bog‘dan olma terib kelgin, o‘g‘lim, — dedi onasi kechki payt Yurkaga. Yurka boqqa bordi. Daraxt ustiga chiqib, savatni to‘ldirib olma terdi. Yerga tushib ketgan bitta olmani ham olib, endi uyga qaytmoqchi bo'lib turgan edi, bir qop-qora, dumaloq narsaga ko'zi tushib qoldi. Shunisi qiziq ediki, u qora narsa qimirlab ham qo'yardi.

"Bu nima boldi ekan?" — o'yladi hayron bolgan Yurka. Engashib, asta ushlamoqchi bo'lgandi, qo'liga tikan sanchildi. Yurka qo'rqqanidan baqirib yubordi.

Qaysi biri oson?

Valentina Oseyeva

Qaysi biri oson?Uch bola o'rmonga qarab jo'nashdi. O'rmonda maymiinjon, qo'ziqorin va qushlar ko'p edi. Bolalar maymunjon va qo'ziqorin terib, o'ynab yurib, kech kirganini bilmay qolishibdi. Uylariga qaytgani qo'rqibdilar.

— Kechikkanimiz uchun uydagilar rosa adabimizni berishadi!

Bolalar yo'lda to'xtab: "Yolg'on gapirsakmikan yoki rostini aytsakmi-kan?" — deb maslahatlashishibdi.

Mushukcha

Lev Tolstoy

MushukchaVasya va Katya degan aka-singil bo'lib, ularning bir mushugi bor edi. Bahorda mushuk yo'qolib qoldi. Bolalar hamma joyni qidirishdi, lekin topisholmadi. Bir kuni ular ombor yonida o'ynab turgan edilar, birdan tepada allanimaning ingichka ovoz chiqarib miyovlaganini eshitib qoldilar.Vasya narvon bilan ombor tomining bo'g'otiga chiqdi. Katya bo'lsa pastda turib,  “Topdingmi? Topdingmi?" — deb so'rardi. Vasya esa javob bermasdi. Eng oxir Vasya:

— Topdim! O'zimizning mushugimiz ekan... Uning ajoyib bolalari ham bor ekan! Tez buyoqqa chiq, — deb qichqirdi.

Non

Qayum Tangriquliyev

hikoyaOnasi Maysani chaqirib, hozirgina uzilgan nondan ushatib berdi.

— Oyijon, nonning hidi namuncha yaxshi! — deb maqtadi-da, ko'chaga chiqdi. Birinchi bo'lib o'rtog'i Bayramni ko'rib qoldi. Qo'lidagi nonning yarmini unga ushatib berdi. Bayram nonni olaman deb, yerga tushirib yubordi.

— Darrov ol! — dedi Maysa.

— Yerga tushib ketdi-yu, iflos bo'lib qoldi.

— Ol, deyapman senga! — Maysa Bayramning qo'lini ushladi.

Bola ko'chani boshiga ko'tarib yig'lab yubordi. Shu mahal otasi, haydovchi Ato amaki kelib qoldi.

Hozir, buvijon!

Yayra Sa’dullayeva

Hozir, buvijon!Dlilbar maktabidan keldi-yu, apil-tapil choyni ichdi. Stol ustini naridan beri yig'ishtirgan bo'lib, ko'chaga yugurdi.

— Qayoqqa, qizim? — so'radi Malika xola nabirasining indamay chiqib ketish odatini bilgani uchun.

— Hozir, buvijon, — dedi, ko'cha eshikka yaqinlasha turib Dilbar.

Buvijonisi orqasidan: "Tezroq kel!" — deb qoldi va chala artilgan stol ustini boshqatdan artdi. Keyin erinibgina yog'ayotgan qordan oqarib qolgan yo'lkani supurib qo'ydi. Krandan suv burab, paqirlarni to'ldirdi, oshxonaga eltdi.