Yashil chiroq. 202-maktab.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar bosh boshqarmasi,  Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Chilonzor tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tashabbuskorligida tashkil etilgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Yashil chiroq” musobaqasining tuman bosqichi  bugun Chilonzor tumanidagi 202-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.