18-may Xalqaro muzeylar kuni

Muzeylar har bir xalq tarixi, madaniyati, turmush tarzi, milliy an’ana va qadriyatlarini o‘rganish, ularni targ‘ib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 100dan ortiq muzeylar bo‘lib, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi ularning eng mashhurlari hisoblanadi.

Bugun 18-may Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan  O’zbekiston tarixi davlat muzeyida  «Muzey – tarix kuzgusi» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.