Qo‘ziqorin terimi

Qo‘ziqorin terimi

 

Bobo to‘rt nafar nabiralari bilan qo‘ziqorin terish uchun o‘rmonga bordi. Keyin ular xar tomonga tarqalishdi. Yarim soatdan so‘ng bobo daraxt tagiga o‘tirib savatchasidagi qo‘ziqorinlarni sanab ko‘rsa, 45 dona qo‘ziqorin bor ekan. Bir ozdan so‘ng nabiralari ham bo‘sh savatchalar bilan qaytib kelishdi.

- Bobojon, menga qo‘ziqorinlaringizdan bering, qarang meni savatcham bo‘m- bo‘sh, — dedi nabiralardan biri. — qo‘lingiz yengil ekan, balki endi men ham ko‘proq terarman, — deb qo‘shib qo‘ydi, nabira.

- Menga ham, bobojon.

- Menga ham.

Mehribon bobo nabiralariga tergan hamma qo‘ziqorinlarini tarqatdi. Ular esa yana qo‘ziqorin terishga kirishishdi. Nabiralardan biri 2 ta qo‘ziqorin terdi. Ikkinchisi esa 2 tasini yo‘qotdi. Uchinchi nabira bo‘lsa, bobosi unga nechta qo‘ziqorin bergan bo‘lsa, yana shuncha terdi. To‘rtinchi nabira hech nima terolmadi. Buning ustiga bobosi berganlarini ham yarmisini yo‘qotib qo‘ydi. Ular uyga qaytganlarida, har birlari tergan qo‘ziqorinlarini hisoblab ko‘rishdi. Buni qarangi, hammada bir xil hisob.

Bobo har bir nabirasiga nechtadan qo‘ziqorin bergan? Ular uyga qaytganlarida, har birlarining savatida nechtadan qo‘ziqorin bo‘lgan?