Qancha edi?

Qancha edi?

 

Ayol qo‘lida tuxum solingan savatcha ko‘tarib, bozor rastalaridagi mahsulotlarni ko‘rayotgan edi. Birdan qarama-qarshi tarafdan shoshib o‘tayotgan xaridorga urilib ketdi. Qo‘lidagi savatcha yerga tushib, tuxumlar esa sindi.

— Uzr, — dedi yo‘lovchi, — singan tuxumlarni haqqini to‘layman, meni kechiring.

— Men savatda qancha tuxum borligini eslay olmayman, dedi ayol. Shuni bilamanki, savatchadan tuxumlarni olib 2 tadan taxlaganimda 1 dona tuxum ortib qolardi. 3 tadan, 4 tadan, 5, 6 tadan taxlaganimda ham xuddi shunday 1 dona tuxum ortib qolardi. Bordi-yu, 7 tadan taxlasam bir donayam tuxum savatda qolmasdi.

Yo‘lovchi tezda ushbu boshqotirmani yechib, ayol bilan hisob-kitob qilib, o‘z yo‘lida davom etdi.

Siz ham hisoblab ko‘ringchi, savatchada nechta tuxum bor edi?