Mahmadona to‘tiqush

(Ilhom Zoir)

Mahmadona to‘tiqushSherzod, Kozim va Akmal tarxni qo‘lga kiritib, qasr tomon yo‘l olishdi. Ular o‘rmon ichidagi so‘qmoq yo‘ldan borishayotganlarida, daraxt shoxiga osilib olgan to‘tiqush bolalarni savolga tutdi.

– Nima deysan? – dedi.

– Nima deysan? – takrorladi to‘tiqush.

– Sendan so‘rayapman? 

– Sendan so‘rayapman?

Shunda Sherzod unga teskari savol berdi.

– Men demoqchimanki...

– Men demoqchimanki, – takrorladi to‘tiqush.

– Nima demoqchisan?

– «Supurgi nima uchun burchakda turadi?» demoqchiman, – dedi to‘tiqush.

– Joyi burchakda bo‘lganligi uchun burchakda turadi-da! – dedi Akmal.

– Yo‘q! – dedi to‘tiqush. – Bolalar nima uchun burchakda papka ko‘tarib turadi?

– Uy vazifasini bajarmaganliklari uchun, – dedi Kozim.

– Supurgi ham uy vazifasini bajarmagani uchun burchakda axlat chelagini ko‘tarib turadi! – dedi to‘tiqush bilag‘onlik bilan.

– Bizlarni yo‘ldan qoldiryapti! – dedi Sherzod o‘rtoqlariga maslahat solib. – Bunga bitta qiyin savol beramiz. Тopolmay, o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qolsin.

Sherzod savol berdi:

– Sen tarozi pallasida bir oyog‘ing bilan turganingda bir kilo kelasan. Agar ikkinchi oyog‘ingni tarozi pallasiga qo‘ysang necha kilo chiqasan?

– Ikki kilo! – dedi to‘tiqush darrov.

– Тopolmading! – dedi Sherzod. – Qaytgunimizcha topib qo‘y. Biz hozir shoshib turibmiz... Qani, ketdik, bolalar!

Тo‘tiqush barmoqlarini sanab qolaverdi. (Aziz bolajonlar! Sizlar ham o‘ylab ko‘ringlar-chi, to‘tiqush ikki oyog‘i bilan tarozi pallasida tursa, necha kilo chiqadi?)