Non

Qayum Tangriquliyev

hikoyaOnasi Maysani chaqirib, hozirgina uzilgan nondan ushatib berdi.

— Oyijon, nonning hidi namuncha yaxshi! — deb maqtadi-da, ko'chaga chiqdi. Birinchi bo'lib o'rtog'i Bayramni ko'rib qoldi. Qo'lidagi nonning yarmini unga ushatib berdi. Bayram nonni olaman deb, yerga tushirib yubordi.

— Darrov ol! — dedi Maysa.

— Yerga tushib ketdi-yu, iflos bo'lib qoldi.

— Ol, deyapman senga! — Maysa Bayramning qo'lini ushladi.

Bola ko'chani boshiga ko'tarib yig'lab yubordi. Shu mahal otasi, haydovchi Ato amaki kelib qoldi. U nima bo'lganini darrov tushundi. Yerdan nonni olib, ko'ziga surtdi. So'ng biroz o'ylab turib:

— Qani, mashinaga chiqinglar-chi! — dedi.

U bolalarni don ekiladigan dalaga olib ordi. Keyin don saqlaydigan joyni ko‘rsatdi. O'rim-yig'imdan so'ng kombayn, traktorlar remont qilinadigan ustaxonaga o'tishdi. Ato amaki bolalarni non zavodiga ham olib bordi. Shundan keyingina bolalar uylariga qaytishdi.

— Don ekilib, dasturxonimizga non bo'lib qo'yilguncha, qanchadan-qancha odamlar mehnat qilishlarini ko'rdingmi? deb so'radi Ato amaki Bayramdan. — Maysa nega xafa bo'lganini endi bilgandirsan?

— Ha, meni kechir, Maysa, — dedi Bayram xo'rsinib.

— Rahmat, Ato amaki. Men nonni ehtiyotlash kerakligini bilardim. Endi nonni hurmat qilish kerakligini ham bilib oldim, — dedi Maysa.

Qizcha uyiga chopqillagancha kirib ketdi-da, dam o'tmay, tandirda yopilgan nondan olib chiqdi.

Oling, amaki, non yeng, sen ham ol, Bayram. Bu nonni oyim bilan birga yopganmiz!