Toshkent hayvonot bog’ining yangi mehmoni

 

Toshkent shahridagi markaziy hayvonot bog’ida Olatou ismli yangi jirafa paydo bo’ldi. Mehmonimizning yoshi 3 da bo’lib, u poytaxtimizga Olmaotadagi hayvonot bog’idan keltirildi. Yosh qahramonimiz uzoq yo’lni juda yaxshi bosib o’tdi.

Hozirda u yangi uyiga ancha ko’nikib qolgan. Uni parvarish qilayotgan xodimning qo’lidan mevalar, sabzavotlar, shuningdek o’zi sevgan akatsiya va qayrag’och barglarini ishtaha bilan tanovul qilishi atrofdagilarni hayratga solmoqda.