Mukofot

(Ertak)

MukofotBir bor ekan, bir yo‘q ekan, kattakon o‘rmonda qayrag‘ochlar ostida bir maktab bor ekan. Unda Moshvoy ismli mushukcha, Qag‘-qag‘ ismli qarg‘acha, Dik-dik ismli quyoncha, ismi Chiy-chiy sichqoncha, Pi-pi ismli maymuncha, Xir-xir ismli cho‘chqacha va boshqalar o‘qishar ekan.
O‘qish boshlangan kuni Tovusxon ismli juda xushfe’l, muloyim bir o‘qituvchi ularga kitob va daftarlar ulashibdi.

— Kitoblaringizni yirtmasdan, yaxshi saqlanglar. Bu kitoblarni sizdan keyin ukalaringiz ham o‘qishadi, — debdi va ta’kidlab yana qo‘shib qo‘yibdi: — Kimki kitobini yaxshi saqlasa, o‘quv yili oxirida o‘shanga mukofot ham beramiz.

Sehrli ketmon

Bir podshoning ikki arzanda o‘g‘li bor ekan. Shaxzodalar biron ish qilishmay, erka-tantiq bo‘lib o‘sishibdi. Ular ulg‘aygan sayin ishtahalari bo‘g‘ilib, bir piyola choy ham ichmas bo‘lib qolishibdi. Ularning rangi za’faron bo‘lib, kasalmand odamlarga o‘xshab qolishibdi. Podsho o‘z mamlakatidagi hamma tabiblarni yig‘ib o‘g‘illarini davolashni buyuribdi.

Anoranor

Qadim zamonda bir podsho o‘tgan ekan. Bir kuni u ovga chiqibdi. Yo‘lda chanqab, tashnaligini qondirish uchun bir bog‘ga qarab yuribdi. Eshik oldiga kelib otdan tushmasdanoq:
– Kim bor?– deb baqiribdi.
Ichkaridan bir chol chiqibdi. Shohona libosdagi odamni ko‘rib salom beribdi.

Aldoqchi hakka

Ertak

Aldoqchi hakkaBir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonlarda g’oz karnaychi ekan, o’rdak surnaychi ekan. Qaldirg’och to’quvchi, tovus tikuvchi ekan. Tikuvchi bo’lganda ham shunday chevar ekanki, tikkan ko’ylaklari o’zi kiygan kiyimidan ham go’zal va nafis chiqarkan. Qo’shnilar u tikkan ko’ylaklarni kiyib, gul-gul ochilib, og’izlaridan dur sochilib, tovusxonimga minnatdorchilik bildirsalar, xonim kamtarlik bilan:

— Qo`limdan kelgani shu bo’ldi-da, o’rgilaylar. Ishim sizlarga yoqqanidan baxtiyorman. 

Qo‘lqop

Ertak

Qo‘lqopBobo o’rmondan o’tib ketayotgan ekan, ketidan kuchukchasi ergashibdi. Bobo ketaveribdi, bir mahal yo’lda qo’lqopi tushib qolibdi.

Bir sichqon yugurib kelib, qo’lqop ichiga kirib olibdi.

—Endi men shu yerda yashayman! – debdi u. Shu vaqt sakrab-sakrab, qurbaqa kelib qolibdi:

Bu qo’lqopda kim yashaydi! — debdi u.

—Kumur-kumur sichqonboy yashaydi. O’zing kimsan?

—Vaqir-vuqur qurbaqaman, menga ham joy ber!

Non — hamroh

Ertak

Non hamrohQadim zamonda ikki kishi uzoq safarga chiqmoqchi bo‘lishibdi. Yo‘l olis, odam yursa, oyog‘i, qush uchsa, qanoti kuyadigan biyobonlardan o‘tar ekan.

Ulardan biri boy odam ekan. U o‘zi bilan bir xalta oltin olibdi. Ikkinchi kishi esa kambag‘al ekan. U o‘zi bilan bir xalta qotgan non olibdi. Shunda boy kambag‘al sherigining ustidan kulibdi:

—Quruq non bilan olis yurtda tirikchilik qilib bo‘larkanmi? Oltin olish kerak, oltin har qanday yurtda ham qadrli, istagan narsani sotib olish mumkin,—debdi. Kambag‘al sherigi indamabdi.

Baraqxon

Ertak

BaraqxonBir bor ekan, bir yo‘q ekan, och ekan-da to‘q ekan, bitta baroq mushuk bo‘lgan ekan. U yakka o‘zi katta chinor tagidagi bir uyda yashar ekan.

Kunlardan bir kun mushukning bu yerda yashashini qarg‘a bilib qolibdi va u hamma hayvonlarga aytib qo‘yibdi. Qarg‘adan bu gapni eshitgan tipratikan mushukning uyiga kelibdi-da:

—Baroqjon, baroqjon,eshigingni och, ikkovimiz birga yashaymiz,—debdi.