“Uchko‘zli” soqchi

Gulmira Komilova

Uchko‘zli soqchiU o'zini qancha eslasa, atrofdagi olamni uch hil rangda ko'rar edi: charaqlagan qizil, tez-tez miltillab turgan sariq va himmatli yashil. Ko'pincha o'zi bilan o'zi gaplashib, qaysi rang uning ko'ngliga ko'proq yaqinligi haqida aniq bir qarorga kela olmas edi. Bu haqda u hech kim bilan gaplashmagan ham. Har doim — jazirama quyoshli kunda ham, ayozli tunda ham chorrahada yolg'iz o'zi turib, ko'z oldidan u yoq-bu yoqqa beto'xtov qator-qator bo'lib o'tayotgan mashinalarni kuzatib turardi. Avtomobillardan biri faralari bilan ko'zni qamashtirsa, boshqalari o'zidan keyin tizillab otiladigan qora tutundan iz qoldirardi.

Chiyillagan  kesakcha

Gulmira Komilova

Chiyillagan  kesakchaBosiq quloqqa zo‘rg‘a chalinadigan chirqillash Sabinani novdalari chuvalashgan tok tomon yetakladi. Qizaloq tasavvurida u yerda bir mo‘jiza boru, uning ko‘z oldida endigina namoyon bo‘lmoqchidek. Kutganlari to‘g‘ri bo‘lib chiqdi: xushbo‘y bahorgi ko‘katlar orasida qush bolasi kesakchaga aylangandek umidsiz nigoh bilan qizchaga mo‘ltirab qaradi.

—Vuy, jajjiligini, qo‘g‘irchoqday bejirim ekan, — hayratli zavqdan qichqirib yubordi Sabina. — Endi qo‘rqmasang ham bo‘ladi men yoningdaman. Seni cho‘miltiraman, ovqatlantiraman va eng yumshoq karavotda men bilan uxlaysan.

Qoravoy

Gulmira Komilova

QoravoyMahallamizda qora mushuk tez-tez ko‘rinib qolar, ammo bolalardan qo‘rqib, daraxt tepasi yoki uy tomlari ustiga sakrab, shoshib ko‘zdan g‘oyib bo‘lardi. Bolalar orasida Farrux, Umid va Sarvarning fikriga ko‘ra, yo‘lda qora mushukka duch kelgan odamning omadi chopmas emish. Shuning uchun ular mushukni ko‘rishi bilan uni haydashar, hatto tosh otishardi.

—           Ertalab maktabga ketayotganimda yo‘limdan qora mushuk kesib o‘tdi, — dedi Umid qovog‘ini solib. — Matematika darsidan nazorat ishida shuning uchun ikki baho oldim. Aniq bilaman bu Qoravoyning qilmishi.

Sehrli o‘yinchoq

Gulmira  Kamilova

Sehrli o‘yinchoqYangi yil kelishiga bir haftagina qolgan edi. Samira tun bo‘yi bu galgi Yangi yilni qanday kutish, unda nimalarni so‘rab niyat qilishini o‘ylab yotdi. U Yangi yildan birinchi marta mo‘jiza kutayotgani yo‘q. O‘tgan yili u o‘zining bemor yotgan yolg‘izgina buvisining boshqa hech qachon kasal bo‘lmasligini tilagan edi. Bu istak amalga oshdi va Salomat buvi tez orada sog‘ayib ketdi. Samira buvisi haqida ko‘p qayg‘urardi, sababi uning ota-onasi bevaqt olamdan o‘tgan. Agar Salomat buvi bo‘lmaganida, uning yolg‘izlanib qolishi aniq edi.

Hur qiz

Hur qizQo'qonga tush mahalida kirib keldik. Ko'chalarda odam ko'p, xuddi Yaypanning bozor kuniga, yo'q, hayitga o'xshaydi. Jangur-jangur izvoshlar, arava, gumbur soyavon aravalar, ko'p, onda-sonda eshak yoki odam qo'shilgan eshak aravalar ham ko'rinib qoladi.  Ko'chaning ikki beti to'la lavka, do'kon, temirchilar, misgarlar taraqlatgani-taraqlatgan. Yasanib nag'ma chalib ketayotgan bir bolani ko'rib qoldim. Bir joyga kelganimizda xuddi azaga kelgan bir hovli xotin baravariga uvvos tortib yig'laganday vahimali bir tovush eshitildi. Men hayron bo'lib qolgan edim, dadam: "Qo'rqma, zovut, Mirrabbiyboyning zovuti, odam chaqiryapti", dedi.

"Zinger"li boy

"Zinger"li boyBir kuni Kulala do'kondan halloslaganicha kelib: "Opa, yetti yarim tanga pul berarmishsiz, usta akam "Zinger" oladilar" dedi. Ayam "Zinger" nima ekanini surish-tirmay uyga kirib, lattaga o'ralgan bir hovuch tanga-chaqa olib chiqdi, o'zi pul sanashni bilmagani uchun Kulalaga tutdi. Kulalaning hovliqishidan "Zinger" qiziq narsa bo'lsa kerak, degan xayolda uning ketidan chopdim.

Chorrahaning do'konimizga qarshi burchagida ayvonlik ko'k do'kon bo'lib, buni "lapka" deyishardi. Bu lapkaning oldiga tumonat odam yig'ilgan, ayvonga qo'yilgan sandal ustida qop-qora, qo'ng'izga o'xshagan, lekin uyoq-buyog'i yaltiroq bir narsa turar edi.

Indamas

IndamasQo'shariq mahallasi guzardan ancha nari, ko'cha ikkita katta-katta ariq o'tadigan daraxtzorga borib taqalgan, biz ijaraga olgan hovli shu daraxtzordan beriroqda ekan. Hovlini ко'rib ayam suyinib ketdi: bir tup kattakon tut, pachaqroq bo'lsa ham ayvon, to'qqiz yog'ochlik vassa-bo'yra yorug' uy...

Namozgarga yaqin ko'chada bolalar chug'urlashib qolishdi. Chiqdim. Bolalar mening uchun yangi "Oq terakmi,ko'k terak" o'ynashayotgan ekan. Bu o'yinda bo­lalar orada yigirma-o'ttiz qadam masofa qoldirib ikki safga tizilishar,qo'l ushlashib turishar, safning boshlig'i qarshi safga qarab: "Oq terakmi, ko'k terak, bizdan sizga kim kerak?" derkan; qarshi tomonning boshlig'i "falonchi kerak" deganda nomi aytilgan bola safdan chiqar ekan-u yugurib borib o'zini jon-jahdi bilan qarshi safga urar ekan; shunda safni uzolsa g'olib bola mag'lub safdan bir bolani yetaklab kelar, safni uzolmasa o'zi shu safda qolib ketar ekan.