22 yanvar – Butunjahon qor bayrami

 

22 yanvar Butunjahon qor bayramiBilasizlarmi bolajonlar, bu bayram qorni juda ham sevadiganlar uchundir. Aslida qorni barchamiz ham yaxshi ko‘ramiz, ammo shunday insonlsr borki,  yashayotgan joylarida qor bo’lmasa ham bu ularga muammo tug’dirmaydi: qor fanatlari ushbu kunda qor mo’l joylarga, tog’larga yo’l olishadi. Qorda yuradigan mashinalar, chanalar va konkilarda uchishadi. Qorbo’ron o’ynab, qorlarda yumalashib, eng katta qorbobo yasash uchun bahs boylashadilar. Ha, aytgancha, shaharda yashovchilar bu ajoyib kunni muz saroylarida nishonlashlari mumkin.

Ushbu bayram butunjahon qor kuni hisoblanib, shu munosabat bilan dunyoning juda ko’p joylarida  har xil musobaqalar uyushtiriladi. Bunday qiziqarli tanlovlarda bolalar ham, kattalar ham birday ishtirok etishlari mumkin. Qatnashuvchilar konkilarda, chang’ilarda hattoki qor tozalovchi mashinalarda poyga o’ynashadi. Ko’chalarda odamlar qishki karnaval kiyimlarida sayr qilishadi