"Navro‘z"gacha: 21 kun qoldi

Dono qizDono qiz

O‘zbek xalq ertagi

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim zamonda bir podshoh bilan vazir bo'lgan ekan.  Podshoh vazirini juda yaxshi ko'rar, uni hammadan yuqori ko'rar ekan. Bu holga saroy ahlining ko'pchiligi hasad qilar va podshohga vazirni yomonlar ekanlar.

Kunlarning  birida  podshohga, "Vaziringiz kaltafahm, uncha-buncha narsaning  fahmiga yetavermaydi", — deb yetkazibdilar va buni tekshirib ko'rishni so'rabdilar. Podshoh vazirini sinab ko'rmoqchi bo'libdi. U vazirga, ikkita savol beraman, qanday javob berar ekansan, debdi.

O'lkaO'lka

Erkin Vohidov

 

Bog'laringni sayr etganimda,

Sen bor eding qalbda, Vatanim.

Bog' husniga she'r bitganimda,

Uni dastlab senga atadim.

Karim chumolining tilini bilarkanKarim chumolining tilini bilarkan

Bugun bolalar bog'cha opalari bilan dalaga chiqishdi. Bahor emasmi, hammayoq  ko'm-ko'k  libosga burkangan, kishining bahridili ochiladi. Atrofdagi chuchmoma, gunafshalarni aytmaysizmi, darrov bolalarni o'ziga rom qilib oldi. Chug'urlashganlaricha gul terishga tushib ketishdi. Karimning ham quvonchi behad. Chunki u tabiatni juda sevadi. Kim bilsin, balki otasining tabiat o'qituvchisi bo'lgani uchundir. Balki u ham akasi singari tabiat sirlarini o'rganuvchi geolog bo'lmoqchidir.

Nuqtaning deganiNuqtaning degani

Orif To‘xtash

 

– Men nuqtaman,

Men nuqta.
O‘rgan avval
Sen puxta.

Gaplarning
Har birida,

Shay turgum
Oxirida.

Little Bear

Exploring

Baby Beetles

Qizil shapkacha

Sharl PERRO (Fransiya)


Qizil shapkachaBor ekan, yo'q ekan, bir qishloqda jajjigina bir qizcha bor ekan. U, dunyoda tengi yo'q, juda yoqimtoy ekan. Buvisi unga tug'ilgan kuni sharafiga bitta qizil shapkacha sovg'a qilibdi. Qizcha qayoqqa borsa, shu chiroyli, yangi qizil shapkachasini kiyib borar ekan. Qo'ni-qo'shnilar uni ko'rganda: "Ana, qizil Shapkacha kelyapti!" — der ekanlar.