Maqtanchoq quyon

О 'zbek xalq ertaklari

Kunlardan  bir kun maqtanchoq ola quyon sheriklariga:

Bo'ridan qo'rqmayman, tulkini bir puflab osmonga uchirib yuboraman, - deb chiranibdi.

Hamma uning mardligiga qoyil qolib, yoqa ushlab  turganida, birdan bo'ri kelib qolibdi.

Xap, -  deb quyonlarga tashlanibdi u.

Ola quyon hammadan oldin o'zini eshikka uribdi.  Bo'ri uning yo'lini to'sibdi. Shu onda quyon o'lar-tirilariga qaramay bir sakragan ekan, bo'rining boshiga chiqib qohbdi. Buni tum-taraqay qochayotgan quyonlarning hammasi ko'ribdi. Bo'ri esa, ola quyonni irg'itib yuboribdi. Ola quyon zo'rg'a qutulib, bir necha vaqt nafasini rostlolmay changalzorda yotibdi. U kech kirganda uyga kirib boribdi.

Xayriyat, omon ekansan. Bo'riga yem bo'lgansan deb o'ylagan edik, - deyishibdi quyonlar.

Be-e, - debdi ola quyon sir boy bermay va maqtanib ketibdi:

Yem bo'lib bo'bman! Boshiga chiqib bir tepdim, til tortmay o'lib qoldi! Terisini shilib oldim.

Ola quyon o'rtaga chiqib, bo'rining terisini qanday shilganini maqtanib so'zlab ketibdi.

Rahmat senga, ola quyon, bo'ridan qutulibmiz, - debdi quyonlar.

Ha, butunlay qutuldinglar, - debdi kerilib ola quyon va bo'ri poylab turmaganmikan deb, xavotirlanib atrofga qarab qo'yibdi.

U maqtanchoq, lekin juda qo'rqoq ekan.